Rossiya terma jamoasining o‘rtoqlik uchrashuvi bekor bo‘ldi

  • 31 oktabr, 2022, 19:33
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bosniya futbol ittifoqi milliy terma jamoasining Rossiya bilan o‘tkazadigan o‘rtoqlik o‘yini bekor qilinganini ma’lum qildi.

Bosniya futbol federatsiyasi prezidenti Viko Jelkovich o‘yin noma’lum muddatga qoldirilganini aytdi.

Rossiya – Bosniya uchrashuvi 19 noyabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq bir qator bosniyalik futbolchilar Rossiya terma jamoasi bilan o‘yinga qarshilik ko‘rsatishdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyi oxirida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Rossiya terma jamoasi va futbol klublarini tashkilotlar qoshidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirishga qaror qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari 20 noyabr kuni Toshkentda o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi borasida mish-mishlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!