Rossiyada o‘zbek futbolchilari soni yanada ko‘payadi
Rossiya Premer-ligasi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaning kuchli ligalariga o‘tishda o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi. Xususan, "Rostov"dan Italiyaga yo‘l olgan hujumchi Eldor Shomurodovning tajribasi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Rossiya chempionatida porlayotgan Abbosbek Fayzullaev ham yaqin kelajakda Evropaning kuchli ligalaridan biriga o‘tishi mumkinligi ko‘p muhokama qilinyapti. Ayni paytda Premer-ligada Abbosdan tashqari yana to‘rt futbolchimiz bor. “Rubin” jamoasi himoyachi Rustam Ashurmatov va yarim himoyachi Umarali Rahmonalievni o‘ynatyapti. “Nijniy Novgorod”da Ibrohimxalil Yo‘ldoshev anchadan beri to‘p tepmoqda. Uning yoniga yosh hujumchi Ruslan Jiyanov ham qo‘shildi.
Rossiya futbolidagi taniqli ekspert Yuriy Belous tez orada Rossiya chempionatida o‘zbek futbolchilari soni oshishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Mutaxassis o‘z fikrini O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Indoneziyada 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani bilan asosladi.
- O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mundialda zo‘r ishtirok etayotgani men uchun syurpriz bo‘lgani yo‘q. Bu mintaqada talantlar juda ko‘p etishib chiqyapti. O‘zbekistonda iste’dodli yosh futbolchilar juda ko‘p, ular yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqqani ham bejiz emas.
Bugun ana shu yoshlar juda yaxshi natijalarni qayd etmoqda. Eng asosiysi, bu mamlakatda futbolchilarni tarbiyalash yo‘lida yuqori darajada sharoitlar yaratilmoqda.
Sanktsiyalar tufayli xorij klublari bilan savdo qilish qiyinlashgan pallada o‘zbek futboli bozorini kengaytirish kerakmi?
Bir bozorga ko‘chib o‘tish kerak emas, balki hamma mintaqadagi vaziyatni kuzatib borish kerak. Agar futbolchi raqobatbardosh bo‘lsa, evropalik futbolchidan ustunligini ko‘rsatsa, O‘zbekistondan o‘yinchi olishga hech narsa halaqit qilmaydi.
Masalan, TsSKAga kelgan Abbosbek Fayzullaev ham noyob iste’dod egasi ekanini namoyish qilyapti. Bunaqa futbolchilar nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, hatto Qirg‘izistonda ham bor.
Agar faqat O‘zbekiston haqida gapirsak, Evropaning kuchli klublarida o‘ynayotgan Eldor Shomurodov va bosh futbolchilarni misol keltirish mumkin. Hatto, “Paxtakor” yaqin o‘tmishda qanday kuchli bo‘lganini yaxshi eslaymiz. Bu jamoada mahoratli futbolchilar to‘p tepgan va sobiq ittifoq terma jamoasiga ham jalb qilingan, - dedi Yuriy Belaus metaratings.ru saytiga bergan intervyusida.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari Indoneziyada o‘tkazilayotgan jahon chempionati guruh bahsida Kanadani 3:0 hisobida engdi va Ispaniya terma jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Nimchorak final bahsida yoshlarimiz chempionlikka da’vogar hisoblangan Angliya yoshlar terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda g‘alaba to‘pini kiritgan Lazizbek Mirzaevni Rossiya Premer-ligasining bir necha klublar kuzatib borayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Jamoliddin Rahmatullaev boshqarayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionati chorak finalida Frantsiya futbolchilari bilan bellashadi. Bu bahs 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Shomurodov ham evroda millioner ekan! “Kalyari” futbolchilari maoshi e’lon qilindi
Fayzullaev Evropada o‘ynashga tayyormi?
“Kalyari”dan Shomurodovga yaxshi xabar
Shomurodov qaysi terma jamoalarga nechta gol urgan?
Fayzullaev braziliyaliklarni hayratga soldi
Fayzullaev Evropadan yaxshi taklifni rad etmaydi!
Shomurodov eng oxirida, Husanov esa yo‘q!
Fikrlar