
Rossiyalik yulduz Shomurodovning sobiq jamoasiga o‘tadi
“Jenoa”ni qabul qilib olgan ukrainalik mutaxassis Andrey Shevchenko tarkibni “Atalanta yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk bilan kuchaytirmoqchi.
Shevchenkoning zimmasida Genuya klubini A Seriyada olib qolish va keyinchalik yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylantirish vazifasi turibdi.
Bergamoliklar rossiyalik yulduzni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Chunki Miranchuk har doim ham asosiy tarkibga kiritilmayapti va “Atalanta” kutgan darajadagi futbolchi bo‘lib chiqmadi.
Bu transferning amalga oshirilishiga “Atalanta” mutasaddilari talab qilayotgan narx to‘sqinlik qilishi mumkin. Ayni paytda Miranchuk 16 million evroga baholanmoqda.
Miranchuk 2020 yili yozgi transferlar vaqtida Moskvaning “Lokomotiv”idan 14,5 million evroga olib kelingan edi. Rossiyalik hujumkor futbolchi joriy mavsumda A Seriya va Chempionlar ligasida jami o‘nta uchrashuvda maydonga tushirildi, bitta gol urib, ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov A Seriyadagi faoliyatini “Jenoa” klubida boshlab, debyut mavsumida 31 ta uchrashuvda sakkizta gol urgandi.
Fikrlar