"Rostov" birinchi davrani 2-o‘rinda yakunladi
"Krasnodar Stedium"da kechgan bellashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan nihoyasiga etdi. Mehmonlarning har ikkala goliga Aleksey Ionov mualliflik qilgan bo‘lsa, bahs so‘nggida "buqalar" Ivan Ignatev va Urosh Spayichlarning gollari evaziga muvozanatni tiklashga erishdilar.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa harakat qildi va Ionovning 1-goliga assistentlik qildi. Shu tariqa "Rostov" hisobidagi ochkolar soni 30 taga etdi va jamoa birinchi davrani 2-o‘rinda yakunladi.
Qayd etish joiz, donliklar o‘z tarixlarida faqatgina bir marta - 2015/16 yilgi mavsumda 2-pog‘onani egallashgan.

Fikrlar