Ro‘ziqul Berdiev: "Bugun mag‘lubiyatga munosib emasdik"
OChL 3-turidan o‘rin olgan "Sharja" - "Nasaf" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kuchli raqibga qarshi o‘ynadik. Shunday bo‘lsada, bugun mag‘lubiyatga munosib emasdik. Sababi, "Sharja"dan ko‘p jabhada ustunlik qildik. Biz to‘xtab qolmaymiz. Oldinda uchrashuvlar bor. Asosiysi, "Sharja" klubini yaxshi o‘rganib oldik", - dedi Berdiev.
"Nasaf" 3-turdan keyin 6 ochko to‘plagan holda guruhda 2-o‘rinda bormoqda. 4-turda "ajdarlar" Qarshida "Sharja"ni qabul qiladi.
Fikrlar