Ro‘ziqul Berdiev: Etakchi futbolchilarni jamoada qolishi haqida ko‘proq bosh qotirmoqdamiz

“Metallurg” - “Nasaf” (2:2) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiev quyidagi fikrlarni bildirdi. Bu haqda "Nasaf" matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bugun tayyor g‘alabani qo‘ldan berdik. Bunga o‘zimiz aybdormiz. Agar ikkinchi bo‘limda ham dastlabki bo‘limdagidek o‘ynaganimizda, g‘alaba qozongan bo‘lardik. Afsuski, ikkinchi bo‘limda yigitlarimiz kurashdan to‘xtab qolishdi, ular ertaroq “g‘alaba qozondik” deb, o‘ylashdi. Bugun zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz o‘yinimizni kuchaytira olishmadi ham. Oxirgi daqiqalardagi darvozamizga belgilangan penalti haqqoniy bo‘ldimi, yo‘qmi buni aniq ko‘rmadim. Buni o‘yin yozuvidan ko‘rib aniqlaymiz. Albatta endi jamoamizda o‘zgarishlar bo‘ladi. Etakchi o‘yinchilarimizni jamoamiz safida olib qolish haqida ko‘proq bosh qotirayapmiz. Chunki mavsumni yaxshi natija bilan yakunlashimiz kerak bo‘ladi", - deb  aytib o‘tdi Berdiev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!