Ro‘ziqul Berdiev: "Hakamlarning qaroridan ko‘p jabr ko‘ryapmiz"

  • 9 oktabr, 2022, 21:52
  • Javokhir Azimov
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "So‘g‘diyona" (1:1) uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"O‘yin doim 90 daqiqa davom etadi, ammo bugun taxminan 30 daqiqa futbol o‘ynadik. Odatda 40 daqiqa bo‘lardi. Bellashuvning o‘ziga keladigan bo‘lsak, hakamlarning qaroridan ko‘p jabr ko‘ryapmiz. O‘ylashimcha, bugun ham shunday bo‘ldi. Ko‘rdingiz, Oybek Bozorov yiqitilgan paytda VAR nima qilganini.

Hisobni yirikroq ko‘rinishga keltirishimiz kerak edi. Ikkinchi taym boshida bir nechta vaziyatlar bo‘ldi, lekin ulardan foydalana olmadik. Shuning uchun ochko yo‘qotdik deb o‘ylayman".

- Bahrom Abdurahimov va Sharof Muhitdinovning tarkibda yo‘qligi nima bilan bog‘liq?

"Ularning har ikkisida jarohat bor. Shu sababli bugungi bahs qaydnomasiga kiritilmadi".

- "Nasaf"da juda ko‘p imkoniyat bo‘lyapti, ammo futbolchilar undan foydalana olmayapti. Bunga nima sabab bo‘lyapti: mahorat etishmayaptimi, hayajonmi yoki boshqa vaj bormi?

"Siz aytgan holatlar ham bo‘ladi, lekin bundan tashqari bizning maydonimizdagi bellashuvlarda raqiblar ko‘proq himoyaviy o‘yin namoyish etadi. Bu ba’zida hujumchilarimizning jarima maydonida yorib kirishini qiyinlashtirmoqda. Shuning uchun yigitlarda standart vaziyatlardan maksimal foydalanish kerakligini ta’kidlagandim. Dastlabki daqiqalarda burchak zarbalari va standartlardan ko‘plab vaziyatlar yaratdik, afsus foydasi bo‘lmadi.
O‘ylaymanki, hammaning kayfiyati yaxshi. Muxlislarni ham tushunaman. Hali oldimizda o‘yinlar bor va oxirigacha kurashamiz".

- AGMKga qarshi yarim final uchrashuvi ham katta sinov...

"Bu bosqichda oson raqibning o‘zi bo‘lmaydi. Biz faqat final haqida o‘ylaymiz!"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсунов Рамазон
10/10/2022 11:54
ПФЛ бундай футбол утказгандан кура футболни йигиштирсин эсиз Узбек футболи йукоридаги порахурлар футболни йук килиб булишди.Футболдаги мафия качон тугайди.Качон тугаса биз ушанда жахон чемпиёнатига борамиз.Мухлислар футболга шуни учун стадиёнга бормай куйган бу ерда хакмни айби йук юкорига утирганлани айби шула башкармокда.Яхёхужа тугри айтиз саволга Бекзод хам жавоб беришга кийналди.Сабаби юкоридагила дйелмади ухам куркади юкоридагила деса ишдан олинади.Эсиз Узбек футболи кимлани кулида колди.Бунака футбол качонгача давом этаркин.Бохона пеналти бериш качон тугаркин.Насаф уйнамай куй чемпиён булолмайсан десин куйсин буна чопгунча.болалани асаб килиб футболга кизикишини йукотиб нима киласанла.Бунга хаммасига Диёр айибдор качон УФАдан кетса шунда Узбек футболи яхши томанга кетса керак Пахтакорни чемпиен килмокчи булсан олдиндан дангал айит куй хаммани ахмок килмасидан расво килдинку.
&
салахидин
10/10/2022 09:23
Яна уша хакамлар хал киляпти уйинни
Akram Haedarov
09/10/2022 22:01
Qora maskani h gapini chiqaringlar
&
Bek 56
10/10/2022 08:00
Ру'зини бахонаси ютолмаса хакамни айби бор
Bekzod Alikulov
10/10/2022 19:18
o'yinni ko'rdizmi o'zi?