
Ro‘ziqul Berdiev OChL o‘yini oldidan: "Saudiyaliklarni o‘z rejalarimiz bilan engishga harakat qilamiz"
Ertaga Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Ash-Shabab" - "Nasaf" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bellashuvdan oldin har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdievning fikrlari bilan tanishib chiqing:
"Biz bu o‘yinga anchadan beri tayyorgarlik ko‘rib kelyapmiz. Jamoa ichida atmosfera ajoyib. Mashg‘ulotlar ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda.
Ayni paytda O‘zbekistonda futbol uchrashuvlari to‘xtab turibdi. Ammo biz bu uchrashuvga o‘rtoqlik o‘yinlari orqali tayyorgarlik ko‘rib keldik. O‘ylashimcha, biz to‘liq tayyor holatdamiz.
Raqibni o‘rganib chiqdik, ular etarlicha salohiyatga ega. O‘zimizning strategiya va rejalarimiz orqali saudiyaliklarni engishga harakat qilamiz.
Biz bor e’tiborimizni ertangi bahsga qaratib, ilk marotaba chorak finalga chiqishga umid qilamiz", - dedi qarshiliklar ustozi.
Fikrlar