
Ro‘ziqul Berdiev: "O‘tgan mavsum ham hakamlardan ko‘p jabr ko‘rgandik. Bu safar ham o‘sha holatlar qayta takrorlanyapti"
O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Bugun ikki ochkoni yo‘qotdik. Qizil kartochkaga qadar maydonda ustunlik qilayotgan edik. So‘ng ustunlik raqib tomoniga o‘tib ketdi, tabiiyki. Ular bu imkondan unumli foydalandi va 1 ochkoga ega chiqdi. O‘tgan mavsum ham hakamlardan ko‘p jabr ko‘rgandik. Bu safar ham o‘sha holatlar qayta takrorlanyapti, afsuski.
Hakamlikdan ko‘nglim to‘lmadi. Buni ochiqchasiga tan olaman. Qizil berilgan holatda ham yon hakamning qarori vaziyatni hal qildi. Bir kishi kam bo‘lib qolmaganimizda osonlik bilan g‘alabani o‘zimizniki qilgan bo‘lardik.
Fikrlar