Ro‘ziqul Berdievga Kubok qur’asida nima yoqmadi yoxud "Nasaf" ustozi Andijondagi muhitga e’tibor qaratmoqda

  • 21 mart, 2024, 21:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bahslariga qur’a tashlandi. Barchaning e’tibor “N” guruhiga qaratilyapti. Chunki u erda “Andijon”, “Dinamo”, “Nasaf” va “Navbahor” klublari joy oldi. Bu esa deyarli bir ovozdan “o‘lim guruhi” degan jumla ishlatilishiga qo‘l kelmoqda. Qur’a tashlangach, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev Sports.uz uchun fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Ro‘ziqul Sa’dullaevich, 2024 yilgi O‘zbekiston Kubogi guruh bahslariga qur’a tashlandi. Deyarli barcha “Andijon”, “Dinamo”, “Nasaf” va “Navbahor” joy olgan “N” guruhini “o‘lim guruhi” deb hisoblashmoqda. Bunga qanchalik qo‘shilasiz?

- Albatta, jiddiy raqiblar tushdi. “O‘lim guruhi” demagan bo‘lardim. Har bir turnirda oldimizga qo‘ygan maqsadimiz bor. Shuning uchun guruhdan chiqishga va Kubok uchun kurashishni oldimizga bel bog‘laganmiz. Raqiblar qanchalik jiddiy bo‘lmasin, agar oldingizga oliy maqsad qo‘ysangiz barchasi bilan o‘ynashingiz kerak. Biz bunga har taraflama tayyormiz. Shu bois birinchi vazifamiz guruhdan chiqish. Yana bir fikrni aytmoqchimanki, bu narsa ikkinchi yil takrorlanyapti. Superliga klublari alohida guruhga, pro liga va birinchi liga jamoalari esa boshqa guruhga bo‘linib qolyapti. Ba’zi musobaqalarda jamoalar savatchalarga bo‘linardilar. Kuchli va kuchsiz klublar sifatida ajratilardi. To‘g‘ri, bu qur’a. Ammo yuqoridagi fikrni o‘ylab ko‘rish kerak. O‘tgan yili ham shu narsalar takrorlanib, Superliga va quyi liga jamoalari alohida guruhlarda bo‘lib qolishgan. Hozir ham to‘rtta Superliga jamoasi bir guruhda, pro liga va birinchi liga klublari bir guruhda bo‘lib qoldi. 

- Qur’adan oldin “N” guruhidan o‘rin olgan qaysidir raqibni taxmin qilganmidingiz?

- Bitta Superliga jamoasi bilan o‘ynashimizni kutgandim. Lekin bunday bo‘lmadi. Bu qur’a va buni qabul qilishimiz kerak.

- 30 mart kuni jamoangiz safarda “Andijon” bilan o‘ynaydi. Kubokda ham yana Andijonga safar qilasizlar. Bu “Nasaf”ga qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirmaydimi?

- “Andijon” jamoasining hozirgi natijalari hammani o‘ziga jalb qilib turibdi. Asosiysi, bilasizmi, biz ikkita ajoyib muhitda futbol o‘ynaymiz, chempionatda ham, Kubokda ham. Biz uchun bunday ajoyib muhitda futbol o‘ynash jamoamga ham, o‘zimga ham yoqadi. “Andijon”ning “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinidagi muhitni ko‘rib bundan juda quvondik.

- Superligamizdagi kichik tanaffus chog‘ida “Nasaf”ning tayyorgarligi qanday davom etyapti? O‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilganmi?

- Kecha mashg‘ulotlarni boshladik. 30 martga qadar bitta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazamiz. 29 mart sanasida Xudo xohlasa Andijonda bo‘lamiz.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
22/03/2024 07:11
УФА ВА ПФЛ РАХБАРЛАРИНИ 1 ЙИЛ МУДДАТГА САЙЛАШ КЕРАК ФАКАТ ТОШКЕНТДАНМАС ВИЛОЯТЛАРДАН ХАМ РАХБАР САЙЛАНИШИ ШАРТ ИККИ ТАШКИЛОТНИ БИРЛАШТИРИБ ЯГОНА УФФ ТАШКИЛ КИЛИШ КЕРАК БУ КУРЪА ЭМАС ШУНЧАКИ КУЗ БУЯМАЧИЛИК КАНАКА КИЛИБ БУЛСА ХАМ ТОШКЕНТ ЖАМОАСИНИ КУБОК СОХИБИ КИЛИШ ЮКОРИДА УТИРГАНЛАР МУХЛИСЛАРНИ АХМОК ДЕБ УЙЛАШАДИ
Akbarshox Abdulxayev
22/03/2024 00:03
Ozbekistonda pfl da dalbayoblar ish yuritadi qayerda shuni Qura boladi , superligani klublari bita savatchada pro liganiki bita qilish kerak , osiyoda ham Yevropada ham shunaqa qiladi Ozbekistonda esa poxxoy kallasi ishlamaydida , bu òlim guruhi emas ozbekistonda Futbolni ólganligini bildiradi
&
Олға насаф
22/03/2024 07:56
Нималарни ўйлаб топшишмайди-я (УзПФЛ тўғрисида) Албатта "Насаф"га омад тилаймиз ҳар бир ўйинда.
&
22/03/2024 15:47
Рахбарлар тупой булгандан киен уларни олиб бораетган ишлари хам канака совиядаги одамлар утирганидан билиб оласизлар. Хеч бир заманда футбол Хаками билан оддий журналист, бутун бир футбол тизимини бошкариб юрибди . Ундан кура бир Артист кушикчини олиб келиб куйийлар, раз майновозчмлик килсалвринг тузукрок одамлар кулиб бахра оладигон килиб килийлар.
&
Bolelshik
21/03/2024 21:48
Mana shu N guruhidagi jamoalar o'yini chempionatda halol ekan, hatto PFL ham ularni bitta guruhga tiqvordi, raqobatni Toshkent jamoalariga yengillatib berish uchun. Agar birinchi qur'ada yuqori o'rinlar olgan jamoalar bitta guruhda tushmaganida edi, adolatli va qiziq bo'lar edi. Kimdir bu yili Kubok egasi o'zgarishini juda xohlagan ko'rinadi
&
Улуғбек
22/03/2024 11:51
Шу пайтгача ким ёмонласа хам Диёрни ёнини олиб ёўардим, лекин бу сафар чичиб қўйди афа бўлса хам айтаман. Гар яна чиқволиб бу нормал холат деб оқлашга уринсанг Диёр кетавер ишдан. Бу нима майнавозчилик. Мантиқ қани бу қуръада. Сал каллани ишлатсанг бўлмайдими. Аралаш қилинса ану паслаги жамоалар юқлри эшилондагилар билан ўйнаш бахтига муяссар бўлардику. Эээ ўзи тиқиб ташлаяпсилар футболниям
&
Bolelshik
23/03/2024 07:00
Bu yangilikni yangiliklar ro'yxatidan o'chirib yuborishibdi, to'g'ri saytdan qidirsangiz topa olmaysiz. Sports.uz adolatli yoritayapti, rahbarlardan kimnidir paytavasiga qurt tushgan shekilli, ochiq yangilikni yoptirib qo'yibdi
Искандар Нарзикулов
22/03/2024 09:46
Бу йилги куралар динамони йана пролигага тушириб йубориш пфл хозир бор этборини лакомотивга каратган куринади