
RPL. "Rubin"dagi ikki legionerimiz Rossiya chempionatida debyut qildi!
Rossiya premer-ligasida yangi mavsum start oldi. Qozonning "Rubin" klubi ilk o‘yinda "Lokomotiv" jamoasi bilan durang o‘ynadi - 2:2.
E’tiborlisi, mazkur bahsda hamyurtlarimiz Umarali Rahmonaliev va Rustam Ashurmatov RPLda debyut qildi. Rahmonaliev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 89-daqiqada boshqa o‘yinchi bilan almashtirildi. Shuningdek, Ashurmatov 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, "Rubin" 2-turda "Orenburg"ga qarshi maydonga tushadi. Bahs 30 iyul sanasiga belgilangan.
Fikrlar