RPL "Ufa"da koronavirus chiqqanini rasman tasdiqladi
Rossiya premer-ligasi o‘zining telegram sahifasida “Ufa” klubida koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etilganini tasdiqladi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, boshqirdistonliklarning bir nafar xodimida Covid-19 aniqlangan. Rospotrebnadzorning mintaqaviy bo‘limi bemorning hech kim bilan aloqasi yo‘qligini aniqladi va uni karantinga olinishini buyurdi.
Ushbu voqeadan so‘ng “Ufa”ning barcha futbolchisi koronavirusga qarshi test topshirishdi va ayni damda test javoblarini kutishmoqda.

Fikrlar