Ruben Diashning qancha muddatga safdan chiqqanligi ma'lum bo‘ldi
APLning 20-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" — "Chelsi" (1:1) uchrashuvida jarohat olgan Ruben Diashning qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi.
Himoyachi tizza orqa mushak jarohati sabab taxminan 6 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Avvalroq esa Yoshko Gvardiolning ham mavsum oxirigacha o‘ynay olmasligi xabar qilingan edi.
Ma’lumot uchun, "shaharliklar" ayni paytda turnir jadvalida 42 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni egalab turibdi. Gvardiola shogirdlari peshqadam "Arsenal"dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.
Fikrlar