Ruis: Keragidan ortiq vazn olganim uchun yutqazib qo‘ydim

  • 08.12.2019 18:44
  • 0
  • Boks

Og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni Endi Ruis WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlarining chempionligini qo‘lga kiritgan Entoni Joshuaga qarshi jang borasida fikrlar bildirdi.

"Men kerakli darajada tayyorgarlik ko‘rolmastan, keragidan ortiq vazn olib yubordim va shuning uchun mag‘lub bo‘ldim.

Ammo, hech qanday baxonaga o‘rin yo‘q, men eng yaxshi sport formaga kirib olaman va uchinchi jangga tayyorgarlik ko‘raman," - dedi Ruis.

Eslatib o‘tamiz, to‘liq 12 raund davom etgan revansh jangida Joshua hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!