
Runi Angliya chempionatlaridagi yubiley bahsida gol urdi
Angliya Chempionshipining 34-turida "Derbi Kaunti" va "Fulxem" (1:1) o‘zaro durang o‘ynadi.
Mezbonlar hujumchisi Ueyn Runi uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi va jamoaning yagona goliga mualliflik qildi.
Bu 34 yoshli forvard uchun Angliya chempionatlaridagi yubiley 500-uchrashuv bo‘ldi.
Angliyalik futbolchi "Manchester Yunayted" safida APLda 393 ta bellashuv o‘tkazgan bo‘lsa, "Everton" safida 98 ta o‘yinda maydonga tushgan va "Derbi Kaunti" a’zosi sifatida to‘qqizinchi marta o‘ynadi.
Ma’lumot uchun, Runi Chempionshipning joriy mavsumida 9 ta bahs o‘tkazib, 3 ta gol urdi va yana 2 ta golga hammualiklik qildi.
Fikrlar