Runi: Tyago Messidan foydaliroq

MYu afsonasi Ueyn Runi APLga kelishi kutilayotgan futbolchilar - Messi hamda Tyago Alkantara haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"MYuda yaxshi transferlar amalga oshirish uchun potentsial bor. "Chelsi" ham yaxshi xaridlar qildi. Endi "Siti" va "Liverpul" ham faollikni oshirishi kerak. Menimcha, Tyago Alkantara transferi mersisaydliklar uchun Messining "Man Siti"ga kelishiga qaraganda foydaliroq.

Leo ham qarimoqda, ammo bu uning imkoniyalari pasayishidan darak bermaydi. U hamon gollar ura oladi, vaziyatlar yaratadi, mo‘’jizalar ko‘rsatishda davom etadi. Men Krishtianu bilan birga o‘ynaganman va aytishim mumkin-ki, ular hali ko‘p narsalarga qodir".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!