
Runi: VAR futbolni hissiyotlardan mahrum qilmoqda
"Manchester Yunayted" afsonasi va "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Ueyr Runi videotakrorlar borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"VARning bir qancha qarorlarlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Hakamlarning vaziyatga xulosalari tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Videotakrorlarsiz futbol yaxshiroq bo‘lishiga ishonaman.
Hakamlar ishlarini o‘zlari bajarishlari kerak, ularning qarorlari shubhaga sabab bo‘lsa ham VARni futboldan olib tashlash kerak.
VAR futbolni hissiyotlardan mahrum qilmoqda. Gol urgandan so‘ng, futbolchi qanot hakamiga yuzlanadi, uning bayrog‘i ko‘tarilmagan bo‘lsa, golni nishonlash kerak, biroq videotakrorlar sabab, bu ish keyinroqqa surilmoqda. Futbolchi va muxlisni bog‘lab turadigan muhim bo‘g‘in bu golni nishonlash, VAR bu aloqani yo‘qqa chiqarmoqda", - deydi Runi.
Fikrlar