Runining uyi oldiga qo‘yxona quriladi

  • 12 oktabr, 2021, 16:53
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ueyn Runining Cheshir grafligida joylashgan uyi yaqinida qo‘yxona quriladi. Bu haqda "Championat.com" nashri xabar berdi.

Tecno

Ma’lum qilinishicha, Runining 27 million dollar qiymatdagi turarjoyi atrofidagi ferma 200 ta qo‘yga mo‘ljallangan bo‘ladi. Mazkur ho‘jalik ob’ekti jonivorlar shovqini bilan yon atrofdagi xonadonlarga halaqit beradi.

Yaqindagina "qizil iblislar"ning 36 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu aynan shu tufayli o‘z yashash manzilini o‘zgartirgandi.

35 yoshli Ueyn Runi 2004–2017-yillar oralig‘ida "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan. Bundan tashqari, "Everton" va "DC Yunayted" klublarida to‘p surgan markaziy hujumchi hozirda "Derbi Kaunti" klubi bosh murabbiyi vazifasida ishlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!