"Russia Open-2019" yakunlari. O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta medalni qo‘lga kiritdi (FOTO)

CHERY AUTO

28-29 sentyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida taekvondo bo‘yicha "Russia Open" turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini 15 nafar taekvondochi himoya qildi. Quvonarlisi ulardan 8 nafari musobaqada medallarni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Musobaqa davomida Feruza Sodiqova, Nigora Tursunqulova, Svetlana Osipova, Jasurbek Jaysunov va Nikita Rafalovichga teng keladigan raqib topilmadi. Charos Qayumova hamda Ozoda Sobirjonova faqatgina finalda imkoniyatni boy berishdi xolos. Madinabonu Mannopova esa musobaqada yarim finalga qadar etib bordi.

Shu tariqa taekvondochilarimiz 5ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medaliga ega chiqishdi. Bu orqali sportchilarimiz O‘zbekistonda taekvondo jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganini, ko‘plab mahoratli yoshlar etishib chiqayotganini yana bir bor isbotlashdi.

Bundan tashqari o‘zbekistonlik Nigora Tursunqulova qizlar o‘rtasida musobaqaning "eng tajovuzkor jangchi"si nomiga sazovor bo‘ldi.

"Russia Open-2019" sovrindorlari:

????-62 kg: Feruza Sodiqova
????-67 kg: Nigora Tursunqulova
????+73 kg: Svetlana Osipova
????-68 kg: Jasurbek Jaysunov
????-80 kg: Nikita Rafalovich
????-53 kg: Charos Qayumova
????-57 kg: Ozoda Sobirjonova
???? -49 kg: Madinabonu Mannopova

photo_2019-09-29_22-02-11

photo_2019-09-29_22-02-06

photo_2019-09-29_22-02-08

photo_2019-09-29_22-02-09

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!