Ryudiger "Chelsi"da qolmoqchi

  • 21 iyun, 2021, 21:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda, Germaniya terma jamoasi hamda Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger jamoasini o‘zgartirmoqchi emas.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, germaniyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelga “aristokratlar” bilan yangi shartnoma imzolamoqchi ekanini ma’lum qilgan.

Biroq tomonlar hozircha yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlashmagan. Ryudiger “Evro-2020” yakunlangach bu boradagi ishlarni ko‘rib chiqmoqchi.

Antonio Ryudiger ortda qolgan mavsum APLda 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!