Sёmin jahon chempionatida sensatsiya bo‘ladigan terma jamoani aytdi

  • 30.05.2026 00:59
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionatida sensatsiya yarata oladi. Bu haqida Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yuriy Sёmin o‘z fikrini bildirdi.

 

Uning taʼkidlashicha, musobaqada asosiy favoritlar sifatida Argentina, Ispaniya, Frantsiya va Germaniya terma jamoalari ko‘rilmoqda.

«Eng katta sensatsiyani O‘zbekiston qilib qo‘ysin. Men uchun asosiy favoritlar – Argentina va Ispaniya. Albatta, Frantsiya ham shular qatorida. Ehtimol, Germaniyani ham qo‘shar edim», – deya taʼkidladi Sёmin «Sport-Ekspress» nashriga bergan intervyusida.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning final bosqichiga yo‘l olishining o‘zi katta yutuq hisoblanadi. Shu bilan birga, terma jamoa bu bosqichda ham kutilmagan natija qayd etishi mumkin, ammo bu juda qiyin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida Portugaliya, Kolumbiya va DR Kongo jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!