Sabina finalda o‘ynadi

CHERY AUTO
Turkiyada ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning juftlik bellashuvlarida Sabina Sharipova finalda ishtirok etdi.
 
Mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning juftlik bellashuvlarida rossiyalik Ekaterina Yashina bilan hamkorlikda o‘ynagan Sabina Sharipova finalda rossiyalik Anna Blinkova va belaruslik Lidziya Marozava bilan raqobatlashdi.
 
Qariyb bir yarim soat davom etgan uchrashuvning birinchi setida Sabina va Ekaterina 6:4 hisobida zafar quchgan bo‘lsa-da, qolgan setlarda raqib tomon ustun keldi - 3:6, 9:11.
 
Shu tariqa turnirning juftliklar o‘rtasidagi bosh sovrini Anna va Lidziyaga nasib qildi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!