Sabina Sharipova ertaga chorak finalda o‘ynaydi

Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan sovrin jamg‘armasi 15.000 AQSh dollari bo‘lgan nufuzli turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova chorak finalga chiqgani haqida xabar bergan edik.

Ertaga Sabina Sharipova musobaqaning chorak finalida xitoylik Ao Gaiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Sabina musobaqaning birinchi davrasida xitoylik Sun Ziyuni, ikkinchi davrasida mezbon tennischi Shuo Fengni mag‘lubiyatga uchratdi.

Sports.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!