Sabina Sharipova Tailandagi yurishini boshladi

  • 5 noyabr, 2019, 14:22
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Tailandning Xua Xin shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning juftlik bahslari Sabina Sharipova uchun omadli boshlandi.
 
Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova juftlik bahslarida mezbonlar vakili Nudnida Luangnam bilan o‘z omadini sinab ko‘rmoqda.
 
Sabina va Nudnida ilk uchrashuvda tailandlik Chomputxip Yundakate va Nattxapat Pivbangrukni 6:7, 6:2, 10:7 hisobida taslim etdi va chorak finalga chiqdi.
 
Eslatib o‘tamiz, S.Sharipova yakkalik bahslarining birinchi davrada rossiyalik Valentina Ivaxnenkoga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!