
Sabina Sharipova yangi mavsumdagi birinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Tunisning Monastir shahrida ayollar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Turnirning yakkalik bahslarida birinchi raqam ostida saralangan hamyurtimiz Sabina Sharipova so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida frantsiyalik Mallaurie Noelni 7:6, 6:3 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa, bir hafta davom etgan musobaqa bosh sovrini mamlakatimizning eng kuchli ayol tennischisi bilan birga ketadigan bo‘ldi.
Fikrlar