Sablyachi yigitlarimiz Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Indoneziyaning Bali shahrida o‘tkazilayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir medalga erishdi. Bu gal sablyachi yigitlarimiz jamoaviy dasturda shohsupaga ko‘tarildilar.

Dastlabki bosqichda Makaoni 45:15 mag‘lub etgan hamyurtlarimiz chorak finalda Xitoydan 45:43 hisobida ustun kelishdi. Biroq murosasiz kechgan yarim final jangida Yaponiyaga 44:45 hisobida imkoniyat boy berildi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda esa Gonkong 45:39 hisobida mag‘lub etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!