Salahni sotgan “Roma” kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisini sotib olmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Italiyaning “Roma” klubi rahbariyati transfer huquqi Angliyaning “Everton” jamoasiga tegishli yarim himoyachi Jerar Deulofeuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Football Italia nashrining ma’lum qilishicha, rimliklar rahbariyati 23 yoshli ispaniyalik futbolchini “Liverpul” a’zosiga aylangan Muhammad Salahga o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Deulofeu huquqiy jihatdan “Everton”ga tegishli bo‘lsa-da, “Barselona” 30 iyunga qadar futbolchini 12 million evro evaziga qayta sotib olish huquqiga ega hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!