Saloҳ: "Jahon chempionatida ishtirok etish endi yetarli emas"

  • 10.07.2026 16:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Misr terma jamoasi sardori Muhammad Saloh Jahon chempionati 1/8 finalida Argentinaга qarshi oʻyindan soʻng muxlislarga murojaat qildi. Misr terma jamoasi ikki gol farqi bilan oldinda borayotgan edi, ammo keyin ketma-ket uchta gol oʻtkazib yubordi va musobaqani tark etdi.

«Bilaman, hali ham ranjigansiz. Lekin va’da beraman: bu lahza Misr futboli uchun xalqaro maydonda yangi bosqich boshlanishiga sabab boʻlishi uchun qoʻlimdan kelgan barcha ishni qilaman. Endi faqat Jahon chempionatiga yoʻllanma olishning oʻzi yetarli emas, musobaqada ishtirok etishning oʻzi ham kifoya qilmaydi. Bu jamoa sizning ishonchingiz va qoʻllab-quvvatlashingizga loyiq», — deb yozdi Saloh oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Salohning bu bayonoti Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Husam Hassan va hujumchi Mustafa Ziko tomonidan hakamlikka bildirgan keskin tanqidlar fonida yangradi. Ular Argentinaга qarshi oʻyindan soʻng fransuz hakami Fransua Leteksye qarorlaridan norozilik bildirgan edi. Muhammad Saloh esa uchrashuvdan keyingi chiqishida hakamlik mavzusini koʻtarmaslikni ma’qul koʻrdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!