
Saloh boshchiligidagi Misr Senegaldan ustun keldi. Yana bir chempion Mundialsiz qolishi mumkin
JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Misr - Senegal uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
4-daqiqada kiritilgan avtogol "firavnlar"ning g‘alabasini ta’minlab berdi. Agar senegalliklar javob bahsida zafar quchmasa, yana bir o‘z qit’asida chempionga aylangan terma jamoa Mundial yo‘lalnmasidan quruq qoladi.
Shu tariqa, Misr javob uchrashuvi oldidan o‘z imkoniyatlarini yaxshilab oldi. Eslatib o‘tamiz, javob o‘yini shu oyning 29 mart sanasiga belgilangan.
Fikrlar