Salohgacha "Liverpul"da hech bir futbolchi buni uddalay olmagan edi

  • 13 mart, 2022, 11:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh klub rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda Squawka statistik portali.

Manbaga ko‘ra, Saloh "Liverpul" tarixida to‘rt mavsumda APL doirasida 20 ta gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Shu bilan birga, hujumchi premer-liga tarixida ushbu ko‘rsatkichga erishgan oltinchi futbolchiga aylandi.

Bundan avval APLda faqatgina Alan Shirer (7 mavsum), Serxio Aguero (6), Terri Anri (5), Xarri Keyn (5) va Rud van Nistelroy (4) 4 yoki undan ortiq mavsumda 20 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!