Samvel Babayan: Eng katta orzularimdan biri - bir kun kelib, “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida jamoani O‘zbekiston chempioni qilish

  • 28 noyabr, 2019, 12:23
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 25-tur doirasidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi. Bu haqda "Navbahor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Uchrashuv zavq bag‘ishladi, juda sifatli o‘yin namoyish etdik. Ammo yuzaga kelgan ko‘plab qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. Lekin jamoamiz o‘yindan - o‘yinga o‘zida ishonch hosil qilmoqda va yigitlar bir-birlarini yaxshi tushunishmoqda. Shunga asoslanib, shuni ta’kidlashim lozimki, “Lokomotiv”da barcha bir maqsad yo‘lida birlashgan, bu esa barcha narsada namoyon bo‘lmoqda. O‘z yigitlarim bilan fahrlanaman va ularga bugungi o‘yin uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Oxirgi ikkita o‘yindan buyon Sardor Mirzaev hujumda o‘ynayapti. Shu haqda ham to‘xtalib o‘tsangiz...

- Ta’kidlash joizki, Sardor xujumda juda sifatli o‘yin ko‘rsata oladi va u har bir pozitsiyada o‘ynab keta olishga qodir futbolchi. Biz bugun hammasini puxta o‘ylab, variantlarni uyg‘unlashtirib, shu qarorga keldik. Sardor hujum chizig‘iga mos o‘yinchi. Mirzaev o‘tgan bahsda ham gol urgandi. Bugungi o‘yinda ham Sardorda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi va ko‘plab holatlarda jamoaga yordam berdi. Shuningdek, g‘alaba to‘pini kiritdi. Yana bir marta shuni ta’kidlamoqchimanki, Sardor hujum chizig‘i uchun kerakli futbolchi.

- “Navbahor”ning o‘yini haqidagi fikrlaringiz? Namanganliklardan shunday o‘yinni kutgan edingizmi?

- Albatta, “Navbahor”ning o‘yinlarini yaxshilab o‘rganib chiqdik va to‘pni ko‘proq o‘z nazoratimiz ostiga olishimiz kerakligini bilardik hamda bunga erisha oldik. “Navbahor”ning kuchli taraflarini ham o‘rgandik va jamoaning chap tarafdan ko‘proq hujum uyushtirishini bilib, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Azizbek Turg‘unboev va Anvar G‘ofurovning chap tarafdan qochib ketishining oldini oldik. Men ko‘proq o‘zimizning jamoamiz haqida gapirishni istardim.

Mazkur uchrashuvgacha ko‘plab o‘yinlarda durangga erishdik. Bunga esa butun uchrashuv davomida yigitlarning bir xil tempda o‘ynay olishmagani, 5-10 daqiqalik bo‘shashish oqibatida to‘p o‘tkazib yuborishlari sabab bo‘ldi.

Anzur Ismoilov va Islom To‘xtaxo‘jaev kabi himoyachilarga jamoamizda o‘rinbosarlar bormi? Hozirgi kunda ular “Lokomotiv”ning to‘laqonli a’zolari va ayni paytda ularni almashtirishga ehtiyoj yo‘q. Ularning yana bir necha yil davomida futbol o‘ynashlarini istardim. Albatta, jamoamizda yosh himoyachilar bor. Bundan tashqari, qishda selektsiya ishlari ham jadal davom etadi.

Har bir insonning o‘z orzusi bo‘ladi. 1996 yilda “Navbahor” chempion bo‘lganida shu klubda faoliyat yuritardim. Eng katta orzularimdan biri - bir kun kelib, “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida jamoani O‘zbekiston chempioni qilish.

- 2020 yilgi mavsumga qanday rejalaringiz bor?

- Kuchli va raqobatbardosh jamoani shakllantirish, yaxshi natijalarga erishish va yigitlarni g‘oliblik ruhida tarbiyalash.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
28/11/2019 12:50
Вой иплос ӯзбек фудболдан даф бӯлишингни бутун халқ кутаяпти безбет