Samvel Babayan "Nasaf"dan uchralgan mag‘lubiyat sabablarini aytdi

  • 30 oktabr, 2023, 21:02
  • Karim Xudayqulov
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 22-turdan qoldirilgan "Navbahor" - "Nasaf" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 0:1 hisobida zafar quchdi.

Yagona golga Mateus Lima Kruz mualliflik qildi. Uning goliga Sherzod Nasrullaev assistentlik qildi. 

O‘yindan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida Samvel Babayanning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

"Bugun mamlakatimizning ikki kuchli klubi to‘qnash keldi. O‘yin yaxshi, qiziqarli hamda intensiv tarzda o‘tdi. Afsuski, mag‘lub bo‘ldik. O‘ylashimcha, natija adolatdan emas. Umuman olganda, yaxshi uchrashuv o‘tkazdik. Biroq natija yo‘q. Muxlislardan uchun uzr so‘ragan bo‘lardim. Yigitlarga e’tiroz yo‘q. 

Jarohatlar qiynadi. Jokich qaytdi. Tabatadze Kubok yarim finalida safdan chiqdi. Zaxiradan maydonga tushgan Mo‘minov eng iqtidorli futbolchi. U "Navbahor"ning kelajagi. Iste’dodli futbolchilarimiz bor.

Bizda vaziyatlar bo‘lyapti va bundan muammo yo‘q. Ammo ulardan foydalana olmayotganimiz kamchiligimiz. Masalan, "So‘g‘diyona" bilan uchrashuvda ham ko‘plab imkoniyatlar yaratgandik. Biroq foydalana olmadik. Boshqa bahslarda ham shunday bo‘ldi. Bu bizdagi futbolchilarning jarohatlangani bilan ham bog‘liq, desa bo‘ladi". 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ггг Ггг
30/10/2023 21:05
Navbahor muhlislari rahmat raqib jamaga hurmat uchun nasaf muhlisi
Бахтийор Бобойиб
30/10/2023 21:23
Ютказмаетган Нефтчини ютдик. Ютказмаетган динамани ютдик. Катта гап бабаянни ютдик. Кутиб ол Максим. Насаф боряпти. Сан хам халиям биринчимиз дегансан. Кут биз боряпмиз. Олга насаф
&
Турсунов Рамазон
31/10/2023 12:48
Набахор мухлисларига катта рахмат Насафни карсаклар билан кузатишгани учун хаммани хам кулидан келмайди.Пахтакорни олдин ютганимизда мухлисларни орган ходимлари оркали кузатишганди.Бизлани олкишлагани куйишмаган зурга тан бериш хаммани хам кулидан келмайди.Мехмондуслик учун яна бир бор Набахор мухлисларига катта рахмат Набахорга омад.
&
+998934037982
30/10/2023 22:19
Temir Abdiholiqov bir tiyinga qimmat.
Yuqotish kerak.bir hujumchi yuq.
Yahshiboyevga nima bulgan
&
Мурад Умаров
30/10/2023 21:34
Аваломбор Навбахор МУХЛИСЛАРИГА Рахмат НАСАФ га нисбатан хурмати учун.
&
Дувлан
30/10/2023 21:14
Бабаян хеч қандай клубни чемпион қилолмийди,уни сотиб олган лицензиясини обқўйиб,ўзини хайдавориш керак.
Javli Ruzimuradov
30/10/2023 21:10
Бабаян, маглубятни хам тан олиш керак
&
Олға насаф
30/10/2023 21:06
Ўйлашимча, натижа адолатдан эмас. Нотўғри фикр.