
"San-Siro" buzib tashlanadi
La Republica nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "San-Siro" buzib tashlanadi va 60 ming tomoshabinga mo‘ljallangan qiymati 600 mln evrolik yangi arena quriladi. Yangi stadion eski arenadan bir necha yuz metr narida qurilishi rejalashtirilgan.
Jumladan bo‘lajak stadion zamonaviy ochilib-yopiluvchi tomga, harakatlanuvchi maydonga ega bo‘lishi aytilmoqda. Bundan tashqari 5 ming o‘ringa mo‘lajallangan kontsert zali va savdo-ko‘ngilochar markazi ham o‘rin olishi aytilmoqda.
Fikrlar