Sanches yangi mavsumni ham Italiyada o‘tkazishi mumkin, faqat "Inter"da emas

  • 03.05.2020 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mavsumni “Inter” safida ijarada o‘tkazayotgan “Manchester Yunayted” hujumchisi Aleksis Sanches yana Italiyada qolishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” chililik futbolchini sotib olishmaydi. Lekin, unga “Roma” qiziqmoqda. Rimliklar Aleksisni sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishmoqchi.

Sanches joriy mavsum “Inter” safida bor yo‘g‘i 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!