Sancho Messi va Ronalduga tenglashdi (foto)
Bundesliganing navbatdagi turida xet-trik qayd etgan “Borussiya” futbolchisi Jeydon Sancho gollari sonini 17 taga va golli paslarini 16 taga etkazib oldi.
Squawka nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 2006-2007 yilgi mavsumdan buyon bir mavsumda 15 tadan ko‘p gol urib, 15 tadan ortiq golli pas oshirishni atigi besh kishi uddalagan ekan. Xususan, bu ko‘rsatkichga Lionel Messi to‘rt marotaba, Eden Azar ikki bor, Krishtianu Ronaldu va Luis Suares bir martadan erishgan.
Shu tariqa, Sancho ham to‘purar, ham assistent vazifasini bajarishga qodir buyuk o‘yinchilar qatoriga qo‘shildi.

.jpg?1590985612289)
.jpg?1590985497616)
.jpg?1590985628630)

Fikrlar