Sandro Tonali "Yuventus"ga o‘tmasligi mumkin

  • 18.10.2025 16:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Nyukasl" jamoasi yarim himoyachisi "Yuventus" dan taklif bo‘lishiga qaramay, klubda qolishi mumkin.

"Football Insider" nashrining xabar berishicha, "keksa senora" klubi Tonalini A Seriyaga qaytarmoqchi, ammo "qarg‘alar" 25 yoshli futbolchini jamoada olib qolmoqchi. Manbaning ma’lumotlariga qaraganda, "Nyukasl" italiyalik futbolchi bilan amaldagi shartnomasi uzaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalaga oshirmoqchi. 

Sandroning Angliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. 25 yoshlik futbolchining ayni vaqtda "Transfermarkt" portalidagi narxi 75 millioni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, italiyalik xavbek joriy mavsum "Nyukasl" safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!