Sane "Manchester Siti"da qolishi mumkin

  • 06.03.2020 11:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" klubi vingeri Leroy Sane jamoada qolishi mumkin.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli germaniyalik futbolchi agar klub tomonidan unga yangi shartnoma taklif qilinsa, ushbu taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sanening yozda “Bavariya”ga o‘tishi borasida juda ko‘p xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Sane o‘tgan yilning avgustida tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi. U yanvar oyi oxiriga kelibgina safga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!