Sanening jarohati jiddiy. "Bavariya" uni sotib olmaydi

  • 08.08.2019 11:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" vingeri Leroy Sane katta ehtimol bilan uzoq muddat davolanishiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumotlarga qaraganda 23 yoshli germaniyalik futbolchining tizzasidagi jarohati o‘ta jiddiy. Uning qachon safga qaytishi bugun o‘tkaziladigan to‘liq tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bavariya” 110 mln evro evaziga Saneni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, ushbu holatdan so‘ng myunxenliklar katta ehtimol bilan uni sotib olish fikridan qaytishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!