Sardor mezbon tennischini hafa qildi
Qatarda tennis bo‘yicha "Fyuchers" turnirining saralash o‘yinlari boshlandi.
Musobaqaning asosiy to‘riga chiqish uchun kurashayotgan tennischilar orasida hamyurtimiz Sardor Po‘latov ham bor. Iste’dodli sportchimiz birinchi uchrashuvini mezbonlar vakili Hamad al-Muhannadiyga qarshi o‘tkazib, 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Sardor Po‘latov keyingi bellashuvni britaniyalik Imron Asvatga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar