Sardor Rashidov: O‘zbekistonni butun dunyo his qiladigan vaqt keldi
Bugun O‘zbekiston Milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs oldidan futbol jamoatchiligi, xususan, jurnalist, bloger va futbolchilarning fikrlari bilan tanishib chiqdik.
Quyida O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi, bir qator mahalliy klublarimiz va xorij jamoalarida to‘p tepgan Sardor Rashidovning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz:
- Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘yindan faqat g‘alaba kutyapman. Shuningdek, muxlislar ham. Xotirjamlikka berilish kerak emas.
- Hozirgi tarkibni ta’kidlab o‘tishning keragi yo‘q. Buni butun O‘zbekiston his qilmoqda. Ayni vaqtda Jahon chempionatiga chiqish uchun qulay vaqt. Bundan tashqari, O‘zbekistonni butun dunyo his qiladigan vaqt keldi, deb o‘ylayman.
Fikrlar