
Sardor Rashidov va Jasur Yaxshiboevning "Real" bilan bog‘liq holati haqida - Diyor Imomxo‘jaev
Evropa Chempionlar ligasi 2-turida "Real" - "Sherif" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 2:1 hisobida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev to‘p tepayotgan moldovaliklar g‘alaba qozondi.
O‘yinning 25-daqiqasida Yaxshiboev hisobni ochgani e’tiborga molik. Ushbu voqeaga PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bayon qildi.
- Bugun o‘zbek futbolida yana bir tarixiy voqea: Jasur Yaxshiboev "Santyago Bernabeu"da "qirollik klubi" darvozasini ishg‘ol qildi va uning jamoasi yakunda Madriddan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. "Sherif"dan kim shunday startni kutgandi?
O‘z vaqtida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Real"ga qarshi o‘ynash uchun Sardor Rashidov BAA jamoasini tanlasa-da, bu futbolchimizga nasib qilmagandi. Yaxshiboev esa kamtar "Sherif" safida "Real" darvozasiga gol urishga erishdi. Orzu qilishdan va uni reallikka aylantirishdan hech ham cho‘chimang, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar