
Sardorning Bundesliga klubiga kutilayotgan transferi barbod bo‘ldi
Leverkuzenning "Bayer" klubi "Zenit" hujumchisi Sardor Azmunni sotib olish fikridan qaytdi. Bu haqda kicker nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, nemis klubi eronlik futbolchining transferini juda qimmat deb hisoblagan. Gap shundaki, transfer narxi va futbolchining maoshi taxminan 30 million evroni tashkil qilgan bo‘lardi. Shu sababdan "Bayer" rahbariyati Azmun variantidan voz kechgan.
Bundan tashqari, "Bayer" Lukas Alario bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi va shuning uchun boshqa hujumchiga muhtoj emas. Argentinalikning klub bilan amaldagi shartnomasi muddati 2022 yilning yozida tugaydi.
Leon Beylini “Aston Villa”ga sotgach, “Bayer” o‘ziga yaxshi vinger qidirmoqda.
Fikrlar