Sarri "Milan"ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun Ronalduni tanqid qildi
"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Milan"ga (0:0) qarshi uchrashuvda ko‘rsatgan o‘yini haqida gapirdi.
“Ronaldu birinchi yarim soatlikda yaxshi o‘ynadi, ammo keyin yo‘qolib qoldi. Sababi, u optimal formada emas. Krishtianu istalgan chiziqda jamoaga foyda keltiradi, hatto himoyada ham. Statistika bo‘yicha u yaxshi o‘ynadi. Uning iste’dodiga shubha qilmaymiz”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Ronaldu shu kuni “Milan” darvozasiga belgilangan penaltini ham golga aylantira olmagan edi.
Fikrlar