
Saudiya Arabistoni klubi Messiga Alba, Buskets va Suaresni sotib olishga va’da berdi
PSJ hujumchisi Lionel Messining 80 foizlik imkoniyatga ega keyingi klubi kataloniyalik "Barselona" bo‘ladi. Bu haqda jurnalist Jerar Romero ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.
Shu bilan birga, manba Saudiya Arabistoni klubi Messiga foydali shartnoma taklif qilayotganini ham qo‘shimcha qiladi. Qolaversa, Leoga sherik sifatida sobiq jamoadoshlari Serxio Buskets, Xordi Alba va Luis Suaresni sotib olish va’da qilingandi. Bu o‘yinchilarning barchasi yaqin do‘stlar va yana birlashishdan xursand bo‘lishadi.
Messi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga hali rozi bo‘lgani yo‘q, chunki uning asosiy maqsadi "Barselona"ga qaytish. Kataloniya klubi argentinalik futbolchini tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi ham aniq bo‘lmadi.
Fikrlar