Saudiya klubi "Real" yulduzi uchun 230 million evrolik taklif jo'natdi

  • 20.01.2026 15:49
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Zhunior hali hamon Saudiya Arabistoni klublarining qiziqish doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqida "Indykaila News" nashri ma’lum qildi. 

Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, bir necha kun oldin nomi oshkor etilmagan Saudiya klubi "Real"ga braziliyalik futbolchi transferi uchun 230 million evrolik taklif bilan chiqqan. Biroq "qirollik klubi" joriy transfer oynasida Vinisiusni sotmasligini ma’lum qilgan. 

25 yoshli vingerning ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 150 million evroga baholanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Vinisius 2018 yildan beri madridliklar safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 351 ta bellashuvda maydonga tushib, 112 ta gol kiritdi va 94 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!