Saudiya Pro-ligasi. Ronaldu gol urgan o‘yinda "An-Nasr" mag‘lub bo‘ldi
Saudiya Pro-ligasining 14-turida "An-Nasr" o‘z maydonida "Al-Qodisiya" jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvda mehmonlar safida Julian 51-daqiqada hisobni ochdi. 67-daqiqada esa Nandes oraliq farqni ikkiga oshirdi. Biroq 85-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltiidan aniq foydalanib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan o‘yindagi gollar sano‘g‘i yakunlandi.
Shu tariqa, Jorje Jezus shogirdlari ketma-ket ikki uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvalida 31 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolib ketdi.
Fikrlar