Saudiyaliklar ko‘z tikayotgan “Real”, “Siti” va “Liverpul” yulduzlari nomi ma’lum bo‘ldi

  • 27 mart, 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni klublari yozgi transferlar davrida Evropa top-ligalaridagi bir necha mashhur o‘yinchilarni olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Jurnalist Ben Yakobs shayxlarning nishonida turgan yulduzlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar kutayotgan asosiy yulduz Vinisius Junior hisoblanadi. Uni “Real”dan olib ketish uchun shayxlarni pulni ayamoqchi emas.

Keyingi qatorlarda Angliya Premer-ligasi yulduzlari turibdi. Xususan, arablar “Manchester Siti”dan Keyin de Bryuyne, “Liverpul”dan Muhammad Saloh va Darvin Nunes, “Arsenal”dan Gabriel Magalyans, “Vest Xem”dan Muhammad Quddusni olib ketishni rejalashtirib qo‘ygan.

Bu o‘yinchilar orasida hozirgi klublari bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Muhammad Saloh va Kevin de Bryuyne asosiy nishon hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!