Saudiyaning dahshatli byudjetga ega klubi Kevin de Bryuyneni quyi ligaga chorlayapti

  • 7 yanvar, 2024, 17:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Qodsiya” klubi joriy mavsumni ikkinchi ligada o‘tkazmoqda. Bu klubning umumiy byudjeti 2 trillion dollarni tashkil qiladi.

Badavlat klub “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyneni nishonga olgan. Shayxlar belgiyalik hujumkor futbolchini kelasi yoz o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

“Al-Qodsiya” rahbarlari yangi loyihani amalga oshirmoqchi. Uning asosiy figuralaridan biri jahon futbolida eng yaxshi pleymeykerlardan biri sifatida tan olingan Kevin de Bryuyne bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

32 yoshli Kevinning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Yarim himoyachining o‘zi Manchesterda qolmoqchi. Biroq klub bitimi tugayotgan o‘yinchini katta mablag‘ evaziga sotib yuborishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!