
"Sautgempton"ning eng yaxshi to‘purari koronavirusga chalindi
"Sautgempton" forvardi Denni Ingsning COVID-19 ga topshirgan testi musbat natija bergan. Bu haqda BBC xabar tarqatmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttlning so‘zlariga ko‘ra, futbolchida virus o‘tgan haftada aniqlangan va shu sababli u tez orada mashg‘ulotlarga qaytadi.
Ing joriy mavsum APLda 13 ta o‘yinda raqiblari darvozasiga 7 ta gol urdi. U hozirda “Sautgempton”ning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.
Fikrlar