Sebalos: "Gavi qizil kartochka olishi kerak edi"

  • 22.03.2023 22:59
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan "Barselona" - "Real" bahsida kataloniyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Ushbu uchrashuvdan keyin futbolchilar o‘z terma jamaolariga yo‘l olishdi. Ispaniyadan chaqiruv olgan yarim himoyachi Sebalos "el-klasiko"dagi bir epizod haqida gapirdi.

photo_2023-03-22_22-14-58

"Ushbu vaziyatda Gavi qizil kartochka olishi kerak edi. U bilan gaplashib olganmiz. Maydondagi narsa o‘sha erda qoladi.  Gavi bilan muammo yo‘q. Biz bir-birimiz bilan qo‘shni shahardanmiz. U mendan 10 km uzoqlikda yashaydi", - dedi Sebalos. 

Mish-mishlarga ko‘ra, "el-klasiko"dagi qarama-qarshilik Ispaniya mashg‘ulotlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda va futbolchilar guruhlarga bo‘linib olmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!